
Internet foydalanuchilarining yozishiga qaraganda, O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida mahalliy vaqt bilan 23-40lar atrofida er silkinishi ro‘y bergan.
"Jizzaxdan telefon qilishdi, yaxshigina er qimirlabdi", — deb yozgan Facebook foydalanuvchilardan biri.
"Men esa menga shunday tuyulayaptimi deb o‘ylabman", — deya zilzila bo‘lganiga ishonmagan chilonzorlik foydalanuvchi.
"Er silkinishidan uyg‘onib ketdim", — deya o‘z fikrini qoldirgan samarqandlik Saida. Er silkinishi necha ballni tashkil qilganligi hozircha noma’lum.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining so‘zlariga qaraganda, 3 soniya davomida kuchli er silkinishi davom etgan.
Ayrimlar zilzila balli past bo‘lganini aytishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar