O'zbekiston JST sari qadam tashlamoqda 2026 yilda a'zolik uchun 29 ta yangi hujjat qabul qilinadi

O'zbekiston 2026 yilda Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo'lish jarayonini jadallashtirib, buning uchun 29 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezidentning JST masalalari bo'yicha vakili Azizbek Urunov ma'lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Uning aytishicha, respublika JSTga a'zo davlatlardan 34 tasining 33 tasi bilan bozorga kirish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlab bo'lgan. Hozircha faqat Tayvan bilan kelishuv masalasi ochiq qolmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilda O'zbekiston allaqachon 30 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan. Ular orasida qonunlar, prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda idoraviy hujjatlar bor.
2026 yilga mo'ljallangan 29 ta yangi hujjat savdoni tartibga solishning asosiy yo'nalishlarini qamrab oladi. Xususan, bojxona va texnik me'yorlar, eksport bojlari, savdoni himoya qilish choralar, intellektual mulk, shuningdek sanitariya va fitosanitariya talablariga oid normalar ko'zda tutilgan.
Rasmiylar 2026 yilda qolgan ikki tomonlama hamda ko'p tomonlama muzokaralarni ham yakunlash, JST ishchi guruhi bo'yicha yakuniy hisobotni tayyorlash va milliy qonunchilikni erishilgan kelishuvlarga to'liq moslashtirishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!