Toshkent aeroportiga 30 ta nogironlar aravachasi topshirildi

Toshkent xalqaro aeroporti imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun 30 ta nogironlar aravachasini qabul qilib oldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Aravachalar Uzbekistan Airports hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ oʻrtasidagi ijtimoiy tashabbus doirasida taqdim etildi.
Ushbu aravachalardan xalqaro terminalning uchib ketish va kelish zallarida, shuningdek, ichki aviaqatnovlar terminalida bepul foydalanish mumkin.
Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, barcha yoʻlovchilar uchun qulay va hamma kira oladigan muhit yaratish Uzbekistan Airports faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, yangi aravachalar aeroport hududida harakatlanishni yengillashtirib, kamharakat yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni yanada qulay va xavfsiz qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!