O‘zbekistonda elektron hujjatlar qog‘oz hujjatlarga tenglashtirildi

O‘zbekistonda elektron hujjatlar qog‘oz hujjatlarga tenglashtirildi

O‘zbekistonda «Ijtimoiy karta» ilovasi va my.gov.uz portalida mavjud ayrim elektron hujjatlar qog‘oz shaklidagi asl hujjatlar bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ldi. Bu tartib pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, talabalik guvohnomasiga taalluqli.

Endilikda ushbu elektron hujjatlarni belgilangan xizmatlar doirasida banklarda, notarial idoralarda hamda mamlakat ichidagi aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etish mumkin.

Biroq elektron hujjatlardan foydalanish tartibi barcha holatlarga birdek tatbiq etilmaydi. U faqat belgilangan xizmatlar doirasida amal qiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar