Ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholarini onlayn kuzatishi mumkin

Ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholarini onlayn kuzatishi mumkin

Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib ko‘rishlari mumkin.

Xizmat yordamida bolaning har bir fan bo‘yicha joriy baholari va o‘rtacha ko‘rsatkichini tekshirish mumkin. Shuningdek, sinfdagi baholar statistikasi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Portal orqali maktabning nomi va manzili, ta’lim muassasasidagi o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning umumiy soni haqida ham ma’lumot olish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirish yoki MyGov ilovasini ochish kerak. Shundan so‘ng shaxsiy kabinetdagi «Mening oilam» bo‘limiga o‘tib, farzand haqidagi ma’lumotlar yonida joylashgan «Maktab ma’lumotlari» tugmasini bosish lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar