12:58 / 02.07.2017
8 912

Tibbiyot oliygohlari qabulida nima gap: grant bekor qilindimi?

Tibbiyot oliygohlari qabulida nima gap: grant bekor qilindimi?
Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda bundan buyon tibbiy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi, xususan ushbu yildan boshlab hududlar bo‘yicha maqsadli qabul boshlanishi haqida ma’lum qilgan edi.

Keyinchalik 2017 yil 5 may kuni “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga davlat grantlari asosida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.

2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda maqsadli qabul bo‘yicha tartib belgilandi.

Bugungi kunda tibbiyot oliygohlari birinchi bor yangi tartibda abiturientlardan hujjat qabul qilishmoqda. Qabul komissiyasi hujjat topshirish chog‘ida abiturientlardan arizasida maqsadli qabul bo‘yicha topshirmoqchimi yoki kontrakt asosidami, shunga aniqlik kiritishni so‘rashmoqda.

Davlat test markazi saytida maqsadli qabul joylariga topshirilgan hujjatlar alohida, hududlar kesimida ko‘rsatib borilmoqda.


DTM saytidan skrinshot

O‘z-o‘zidan birinchi marta bo‘layotgan tartib bo‘yicha aholida ko‘plab savollar, tushunmovchiliklar paydo bo‘lmoqda. Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiev o‘z saytida bu borada eng ko‘p berilayotgan savollarga javob berishga harakat qilgan.

Maqsadli qabulga hudud bo‘yicha doimiy propiska asosida qabul qilinadimi?


Nizomning 10-bandiga asosan, maqsadli qabulda qatnashmoqchi bo‘lgan abiturientlar tegishli hududda yashayotgan bo‘lishi lozim. Agar doimiy propiskasi o‘sha hududda bo‘lsayu, lekin maqsadli qabulga tushmaydigan hududda yashayotgan bo‘lsa, unda o‘sha abiturient maqsadli qabulda qatnasha olmaydi.

Maqsadli qabulga o‘sha hududdagi lisey yoki kollejni tugatgan bo‘lishi shartmi?

Eng ko‘p berilayotgan savol aynan mana shu bo‘lmoqda. Sababi ko‘plab viloyatlik yoshlar o‘rta maxsus ta’limni Toshkent shahrida olishgan. Ayniqsa tibbiyot yo‘nalishida. Ammo Toshkent shahri uchun maqsadli qabul ajratilmagan. Ya’ni Toshkent shahridagi tibbiyot kollejlari va akademik liseylarni tugatgan abiturientlar, garchi asli doimiy yashash manzili viloyatlarda bo‘lsa ham, davlat granti asosida qabul qilinmaydi, ular uchun faqat to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoni mavjud.

Nizomning 10-bandiga muvofiq tegishli hududlarga ajratilgan maqsadli qabul kvotalariga faqat tegishli hududda yashayotgan va hududning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bo‘lgan abiturientlar hujjat topshira oladi.

Demak, xulosa shundayki, surxondaryolik o‘smir Toshkent shahri yoki boshqa hududda o‘qigan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan joyga hujjat topshira olmaydi.

Agar maqsadli qabulga topshirgan abiturientning to‘plagan balli davlat grantiga etmasayu, lekin kontraktga kirish uchun etsa, unda kontrakt asosida qabul qilinadimi?


Ha, qabul qilinadi. Nizomning 3-bandiga asosan, maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abiturientlar mazkur ta’lim yo‘nalishida to‘plagan test ballari bilan umumiy to‘lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tibbiyot oliygohlari qabulida nima gap: grant bekor qilindimi?