
AQSH Davlat departamenti “Diversity Visa” yoki keng ma’noda tanilgan Green Card dasturi bo‘yicha yangi o‘zgarishlar joriy etganini ma’lum qildi. Bu haqda idoraning rasmiy veb-sayti orqali xabar berildi.
Ma’lumotga ko‘ra, DV–2027 lotereyasi uchun ariza qabul qilish muddati va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ayrim tuzatishlar kiritilgan. Davlat departamenti ro‘yxatdan o‘tishning aniq sanasi va natijalarni Entry Status Check (ES) orqali qachon e’lon qilishini yaqin kunlarda e’lon qilishi kutilmoqda.
Biroq o‘zgarishlar vizaga ariza topshirish muddatiga ta’sir qilmaydi. G‘oliblar uchun hujjat topshirish jarayoni avvalgidek — 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 30-sentyabrgacha bo‘lib qoladi.
Adatda Green Card lotereyasi uchun arizalar har yili oktyabr oyi boshidan noyabrning ilk haftasigacha qabul qilinardi. Ammo joriy yilda bu jarayon hali boshlanmagan.
Eslatib o‘tish joiz, sentyabr oyida AQSH Davlat departamenti DV Lottery’da ishtirok etish uchun elektron ro‘yxatdan o‘tishda $1 to‘lov joriy etganini ma’lum qilgandi. Bu to‘lov tizimni avtomatlashtirish va sun’iy arizalarni kamaytirish maqsadida kiritilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, yangiliklar dasturning shaffofligini ta’minlash va texnik xatolarning oldini olishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!