Seshanba kuni, ya’ni 19 fevraldan boshlab YouTube videoxostingi va «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘iga kirish O‘zbekistonda qayta tiklandi. Facebook esa qisman ochilmoqda.
Ushbu saytlarga kirish bilan bog‘liq muammolar o‘tgan yilning sentyabr oyida boshlandi (YouTube bilan - oktyabrda). Foydalanuvchilar servislarni VPN’dan foydalangan holda ishlatish mumkinligini aniqladilar, bu esa ular ommabopligining keskin o‘sishiga olib keldi.
Avvalroq, O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinuvchi 100 ilova ro‘yxatiga ham kirmagan VPN Proxy Master kabi ilovalar birinchi o‘ringa ko‘tarilib olib, Telegram hamda Instagram kabi an’anaviy yetakchilarni ortda qoldirildi.
21 fevral kuni O‘zbekistonda VPN ilovalar o‘z pozitsiyalarini yo‘qota boshladi va birinchi o‘rinni boshqa ilovalar uchun bo‘shatib berdi. Masalan, VPN Proxy Master fevral oyi davomida birinchi marta birinchi o‘rindan pastga tushib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi