Qozog‘istonda ayol hali tug‘ilmagan farzandini sotishga uringani aniqlandi

1 daqiqa o'qish195
Qozog‘istonda ayol hali tug‘ilmagan farzandini sotishga uringani aniqlandi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyati prokuraturasi 2026 yil 12 avgust kuni Turkiston shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan ayol bilan bog‘liq jinoyat ishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol moddiy qiyinchiliklarga duch kelgani sababli homiladorlik davridayoq hali tug‘ilmagan farzandini sotishga qaror qilgan. Shu maqsadda u “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi farzand asrab olish bilan bog‘liq guruhlardan biriga e’lon joylashtirgan. Natijada xaridor topilib, chaqaloqni 800 ming tenge evaziga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

2026 yil 28 mart kuni ayol Pavlodar viloyat perinatal markazi №1da sog‘lom qiz farzandni dunyoga keltirgan.

Prokuratura muvofiqlashtiruvi ostida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari va yashirin tergov harakatlari davomida ayolning noqonuniy faoliyati hujjatlashtirilgan. Tezkor tadbir doirasida xaridor sifatida ishtirok etgan shaxsga seriya raqamlari oldindan qayd etilgan pullar berilgan.

31 mart kuni Pavlodar shahridagi xonadonlardan birida ayol yangi tug‘ilgan chaqaloqni uning tibbiy hujjatlari bilan birga xaridorga topshirgan. Buning evaziga u 100 ming tenge olgan.

Pavlodar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudining hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi — voyaga yetmaganlar savdosida aybdor deb topilgan. Unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Biroq Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan, jazoni ijro etish 5 yil muddatga kechiktirilgan. Mazkur tartib homilador ayollar hamda voyaga yetmagan farzandlari bor yoki ularni amalda tarbiyalayotgan ayollarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?