
Kecha O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirdi. Mamlakat shimolida harorat 7-10 daraja pasayib, 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ldi.
«O‘zgidromet»ning yozishicha, bugun antitsiklon butun respublika hududiga tarqaldi. Bu sovuq havo oqimi ta’sirida bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat pasayib, 10-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Haftaning oxirigacha respublika hududi sovuq havo ta’siri ostida qoladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni kechasi 0-5 daraja iliq, 12 noyabrda ayrim joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar