Bugun Kavkaz hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekistonning ba’zi joylarida havo harorati pasayib, 5-10 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga, 31 dekabr kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechqurun va ertalab kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysida kun davomida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Antisiklon chegarasi ta’siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 0-5 daraja iliqni, ayrim joylarda 2 daraja sovuqni tashkil qiladi.
1 yanvar kunini O‘zbekiston aholisi mintaqaga xos bo‘lgan yog‘ingarchiliklarsiz, quyoshli ob-havo bilan qarshi oladi. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Turkmaniston hududidan nam havo oqimi chiqishi bilan respublikaning janubiy hududlarida 2 yanvarda, 3 yanvarda markaziy hududlar bo‘yicha bulutlar ko‘payadi, ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
4 yanvarda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni saqlanib turadi va me’yorga yaqin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi