Avvalroq, Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olingani haqida xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatidan “Qalampir.uz” saytiga xabar berishlaricha, kecha, 5 iyun kuni direktor bilan birga uning o‘rinbosarlari ham ishdan olingan. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Bo‘rixo‘jaeva hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Vazira Hasanova ham o‘z vazifalaridan ozod etilgan.
Direktorning professional ta’lim ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Fotima Alimova o‘z joyida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgach, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin