Buyuk Leo Messi 18 dekabr sanasida futbolchilik faoliyatidagi eng muhim bahsda maydonga tushadi. 2014 yildagi alamli final Fransiyaga qarshi o‘yinning qiymatini 3 hissa oshirib yuborgani rost. Boz ustiga, Messi uchun bu katta ehtimol bilan so‘nggi mundial. Barchasini taroziga qo‘ysak, aql bovar qilmas tosh bosishi aniq.
Ko‘plab ishqibozlar ochiqchasiga Argentinaga emas, Leoga muxlislik qilayotganini yashirib o‘tirmayapti. Aslida, Qatardagi turnir starti avvalida JCH Messi va Ronaldu uchun so‘nggi imkoniyat deb ataldi. Bu yigitlarning biri kutilganidan ancha avval uyiga ketgan bo‘lsa, boshqasi hal qiluvchi bellashuvga qadar yetib keldi.
"O‘zga sayyoralik yigitlar"ning qay biri kuchli ekanligi borasidagi savollar 15 yil davomida bahs-munozaralarga sabab bo‘lib keldi. Turli statistik ma’lumotlar vaziyatni badtar chigallashtirdi. Birida Messi tengsiz bo‘lsa, boshqasida Ronaldu barchadan ilgarilab ketgan. Shu kunga qadar aniq bir o‘lchov yoki mezon yo‘qligi bois, bu savolning konkret javobi topilmadi. Kimdir “Oltin to‘p”lar soni-chi?", deb so‘rashi mumkin.
Bu ham hisobga o‘tadi, ammo “France Football” jurnalistlarining 15 yillik qarama-qarshilikka bergan bahosi yakuniy bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Uni hamma birdek qabul qilmaydi, tamom! Boshqa, kattaroq o‘lchov kerak. Joriy yildagi mundial mana shu o‘lchovni yaratib berishi mumkin. Ronaldudan farqli o‘laroq, Leo terma jamoani "tortib yurdi". Finalga qadar barcha o‘yinlarda asosiy figura bo‘lib ajralib turdi. Endi Qatardagi final yakunida nafaqat navbatdagi chempion nomini, balki "barcha zamonlardagi eng kuchli futbolchi Messimi?", degan savolga ham javob olishimiz mumkin.
Xo‘sh, Messini eng zo‘ri deb atashga hozir haqqimiz bormi? Ochig‘i, argentinalik ishqibozlarning aksariyati uchun hali-hamon Maradona birinchi o‘rinda. Bir qarashda, Leo va Diyegoni solishtirish noo‘rindek. Hozir futbol 40 yil avvalgisidan keskin farq qiladi. Meditsina, ovqatlanish, vitaminlar, tezlik, texnika, yondashuv va taktik ko‘rsatmalar boshqa darajaga ko‘tarilgan. Bu xuddi shaxmat sportida tengsiz sanalgan Magnus Karlsen bundan 40-50 yil avvalgi sportchilarni bugungi zamon effekti sababli ortiqcha qiyinchiliksiz yutgandek gap. Bugun futbol fan darajasiga ko‘tarildi. Uning kichik detallari ham sinchiklab kuzatilmoqda.
Davom etayotgan jahon chempionatida Messining “odobli yigit” obrazida ekanligi reputatsiyasini salqab qolishiga ko‘mak berdi. Hakamlarning argentina tomon yon bosayotgani haqida aytilgan fikrlar qulog‘ingizga chalingan bo‘lishi mumkin. Qahramonimiz 4 bor penalti tepganiga qaramay, hech kim Messiga nisbatan negativ fikrda emas. Biroq, Argentina masalasida unday deb bo‘lmaydi. Turli xorij nashrtlari hakamlarning qarorini tahlil qilib, janubiy amerikaliklarga turnir tashkilotchilarida simpatiya borligi haqida tinmay yozmoqda. Nega unda Messi haqida hech kim yomon fikr bildirmayap?
O‘rinli savol. Gap shundaki, Leo butun karerasi davomida ko‘rsatgan fantastik darajasi Qatardagi hakamlarning ayrim qarorlaridan ko‘ra ancha og‘irroq tosh bosadi. Bu yigit 15 yil davomida barcha zamonlarning eng zo‘r futbolchisi ekanligini isbotlashga urinib kelmoqda. Endi, buni tarixga yozish, qonunan rasmiylashtirish uchun birgina o‘yinda g‘alaba qozonish kifoya. Xullas, Qatardagi final nafaqat mundialning, balki Leoning karerasidagi final hamdir.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...