Arsenal Deklan Raysni Realga sotishi mumkin


Londonning "Arsenal" klubi oʻz yarim himoyachisi Deklan Rays uchun 150 million yevro narx belgiladi. "Real Madrid" Raysga katta qiziqish bildirayotgan boʻlsa-da, "Arsenal" uni sotishni istamayapti, chunki u jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.
Fichajes nashrining xabar berishicha, 26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Raysning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati hozirda 120 million yevroni tashkil qiladi.































Izohlar 0
…