date

Xitoy mashinalari O‘zbekiston yo‘llarini egallayaptimi?

Xitoy mashinalari O‘zbekiston yo‘llarini egallayaptimi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati 473 million AQSh dollariga teng 40 345 dona elektromobil olib kirilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 ming donadan ziyod ortib, deyarli 2,5 barobar o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Eng ko‘p elektromobillar Xitoydan import qilingan — 39 798 dona. Shuningdek, Gonkongdan 249 dona, Koreya Respublikasidan 165 dona, Germaniyadan 43 dona va AQShdan 25 dona elektromobil olib kirilgan. Qolgan 65 tasi boshqa davlatlarga to‘g‘ri keladi.

Ekspertlar fikricha, elektromobil importining bu qadar tez o‘sishi mamlakatda “yashil energiya”ga o‘tish siyosati, bojxona imtiyozlari va aholining ekologik transport vositalariga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, elektr quvvatlash infratuzilmasining rivoji ham bu jarayonni yanada jadallashtirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoy mashinalari O‘zbekiston yo‘llarini egallayaptimi?