date

Jorje Mendesh: Yamal atrofidagi gap-so'zlarni tushunmayman

Jorje Mendesh: Yamal atrofidagi gap-so'zlarni tushunmayman
Agent Jorje Mendesh Lamin Yamal haqida matbuotda tinimsiz davom etayotgan gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Joriy mavsum boshidan buyon OAVda 18 yoshli futbolchining shaxsiy hayoti va jarohatlari uning "Barselona" va Ispaniya terma jamoasidagi o'yinlaridan ko'ra ko'proq muhokama qilinmoqda.

Ko'plab mutaxassislarning fikriga ko'ra, vingerning maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari uning kelajakdagi professional rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. "Men Yamal atrofidagi bu shov-shuvni tushunmayman.

U maydonda ham, maydon tashqarisida ham nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi", – dedi Barca Universal nashri orqali Mendesh. Lamin Yamal joriy mavsum "Barselona" safida 10 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va shuncha golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jorje Mendesh: Yamal atrofidagi gap-so'zlarni tushunmayman