Pochettino: Levi ketishi meni hayratda qoldirdi

Sobiq "Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubning sobiq rahbari Daniel Levi haqida o'z fikrlarini bildirdi. “Levi ketishi meni juda hayratda qoldirdi.
Uning merosi hanuz saqlanib qolgan. U klub uchun qanchalar muhim ishlarni amalga oshirgani juda ta'sirli.
Bizning munosabatlarimiz har doim yaxshi bo'lgan, nafaqat "Tottenhem"dagi faoliyatim davomida, balki undan keyin ham. U men uchun alohida ahamiyatga ega shaxs edi, chunki u menga "Tottenhem" kabi ulkan klubni boshqarish imkoniyatini berdi.
Bu klub dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib, ajoyib muxlislariga ega", — dedi Pochettino BBCga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Daniel Levi 2001-yildan 2025-yilgacha "Tottenhem"da faoliyat olib borgan.
Uning boshqaruvi davrida London klubi Angliya Liga Kubogi va Yevropa Ligasida g'olib chiqqan.