Barselona Levandovski bilan shartnomani uzaytirishi mumkin


Barselona hujumchisi Robert Levandovskining shartnomasi uzaytirilishi mumkin. Amaldagi kelishuv joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
Turli manbalarga ko‘ra, polyak hujumchisi kelasi yozda kataloniyaliklar safini tark etishi kutilmoqda. Biroq shartnoma uzaytirilishi ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi.
Catalunya Radio xabariga ko‘ra, Barselona prezidenti Joan Laporta Levandovskiyga katta hurmat bilan qaraydi va 37 yoshli yulduz klubda eʼtiborli shaxs hisoblanadi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, biroq bitta shart bilan – futbolchi maoshining sezilarli darajada qisqarishiga rozi bo‘lishi kerak.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…