01:01 / 04.06.2023
249

O‘FA rahbariyati Argentinadan qaytgan U20 terma jamoamiz bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati Argentinadan qaytgan U20 terma jamoamiz bilan uchrashdi
Bugun O‘FA rahbariyati Argentinada bo‘lib o‘tgan U20 Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov yoshlarimizga futbol jamoatchiligi nomidan mundialdagi ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi. Mazkur musobaqadagi ishtirok tahlil qilgan holda, qaysi yo‘nalishlarda yanada ko‘proq ishlash kerakligini ko‘rsatib berganini aytdi. Ushbu futbolchilarimizga ishonch bildirilib, o‘z ishiga professional yondashsa, futboldan chalg‘imasa, imkoniyatlardan unumli foydalansa, kelajakda olimpiya va milliy jamoalardan mustahkam joy egallashi mumkinligi ta’kidlandi. Bu borada o‘z ustida yanada qattiq ishlab, bor kuch-g‘ayratini sarflashlari zarur.
O‘FA rahbari terma jamoalar tarkibini yanada kuchaytirish, futbolchilarning jismoniy, ruhiy hamda tibbiy holati ustida ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Mazkur terma jamoada iqtidorli futbolchilar ko‘p ekanligi, ular kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi.
O‘z navbatida, jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, yetakchi futbolchilar Umarali Rahmonaliyev va Abbosbek Fayzullayev O‘FAga e’tibor hamda tayyorgarlik uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA rahbariyati Argentinadan qaytgan U20 terma jamoamiz bilan uchrashdi
ePN