date

Husanov va Shomurodov terma jamoaga chaqirildi

Husanov va Shomurodov terma jamoaga chaqirildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Dubayda o‘tkaziladigan noyabr oyidagi xalqaro o‘rtoqlik turniri uchun jamoa tarkibini e'lon qildi. Tarkibga «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov hamda «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov chaqirildi. 

E'lon qilingan kengaytirilgan ro‘yxatga uch darvozabon, o‘n himoyachi, o‘n ikki yarim himoyachi va uch hujumchi kiritilgan. Taklif etilgan futbolchilar orasida mamlakat ichki chempionati vakillari bilan birga xorijiy klublarda faoliyat olib borayotgan asosiy o‘yinchilar ham bor.

O‘zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan turnirda ishtirok etadi. Ushbu musobaqada Eron, Misr va Kabo-Verde kabi jahon chempionatlarida qatnashgan jamoalar ham maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov so‘nggi bor «Bashakshehir» safida o‘ynagan uchrashuvda gol urgan, ammo jamoasi «Genchlerbirligi»ga mag‘lub bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanov va Shomurodov terma jamoaga chaqirildi