
Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha 65 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchi Adhamjon Ergashev bir kunda uchta medal sohibiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ergashev dast ko‘tarish mashqlarida 134 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarish mashqlarida u 170 kg ko‘tarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki mashqning umumiy natijasi – 304 kg bilan esa u kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Adhamjon Ergashev to‘liq medal jamg‘armasini yig‘ib, O‘zbekiston terma jamoasining umumiy medallar hisobiga katta hissa qo‘shdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar