date

OCHL 2 pley-off bosqichiga qur’a tashlandi: Ronaldu Turkmanistonga boradigan bo‘ldi

OCHL 2 pley-off bosqichiga qur’a tashlandi: Ronaldu Turkmanistonga boradigan bo‘ldi

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi pley-offiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. 16 ta jamoa o‘z raqiblarini bilib oldi.

Jumladan, "Andijon" bilan bir guruhdan joy olib, muvaffaqiyat qozongan Turkmaniston chempioni "Arqadag‘" Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan "Al Nassr" bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov harakat qiladigan "Istiqlol" Iordaniyaning "Al Hussayn" jamoasi bilan bellashadi.

1/16 final juftliklari:

G‘arb

  • "Al Zavraa" (Iroq) – "Al Vasl" (BAA)
  • "Arqadag‘" (Turkmaniston) – "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
  • "Sepaxon" (Eron) – "Al Ahli" (Qatar)
  • "Istiqlol" (Eron") – "Al Hussayn" (Iordaniya)

Sharq

  • "Pohang Stilers" (Koreya) – "Gamba Osaka" (Yaponiya)
  • "Ratchaburi" (Tailand) – "Persib Bandung" (Indoneziya)
  • "Bangkok Yunayted" (Tailand) – "Makartur" (Avstraliya)
  • "Kong An Xanoy" (Vetnam) – "Tampins Rovers" (Singapur)

Birinchi o‘yinlar 2026-yil 10-12-fevral kunlari, javob bahslari esa 17-19-fevral orasida o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OCHL 2 pley-off bosqichiga qur’a tashlandi: Ronaldu Turkmanistonga boradigan bo‘ldi