Neftchi futbolchilari Yangi yil uchun iPhone oldi

Neftchi futbolchilari Yangi yil uchun iPhone oldi

Farg‘onaning “Neftchi” klubi futbolchilarini Yangi yil arafasida tabriklab, jamoa hamkorlari tomonidan taqdim etilgan sovg‘alarni topshirdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Xususan, o‘yinchilarga iPhone rusumli mobil telefonlar berildi. Klub matbuot xizmati bu sovg‘a jamoaning chempionlik natijalariga bog‘liq emasligini alohida qayd etdi: chempionatdagi muvaffaqiyat uchun shartnomalarda ko‘rsatilgan bonus va mukofot pullari avvalroq to‘lab berilgan.

Ma’lumot uchun, yangi iPhone’lar narxi bozorda 13 million so‘mdan 20 million so‘mgacha baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar