Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval «Barselona» safida ham to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda va endi Rikelme–Delgado tandemi aynan shu yo'nalishda faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig'ida 18 ta uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga turnirda eng ko'p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!