Saudiyalik jurnalist Ronalduga yon bosmasliklarini aytdi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi bo‘lib, «Al-Nasr»ning ayrim o‘yinlarini boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan saudiyalik teleboshlovchi Valid al-Faraj keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Al-Farajga ko‘ra, Saudiya Arabistoni sport tizimi va liga reglamenti «qizil chiziq» hisoblanadi: jahon yulduzi maqomi ham qoidalardan chetga chiqish huquqini bermaydi. U Ronaldu reglamentni hurmat qilishi va belgilangan tartiblarga rioya etishi shartligini ta’kidladi.
«Saudiya ligasi har qanday futbolchidan ustun. Biz Ronalduning oldida tiz cho‘kmaymiz. Nima, uni iltimos qilishimiz kerakmi? Mamlakatimiz va ligamiz hammasidan yuqori», — dedi al-Faraj.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!