date

Nepomnyashiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini maqtadi

Nepomnyashiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini maqtadi

Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Nepomnyashiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Fransiyadagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi uchrashuvini o'tkazdi. Prinsipial bahsda parijliklar “Marsel”ni yirik hisobda taslim etdi — 5:0.

“Men doim aytaman: u o'ynashi kerak. Xudo xohlasa, bundan keyin ham shunday davom etadi. U o'z o'yini bilan allaqachon ko'p bor hammasini isbotlagan”, — dedi Nepomnyashiy. Uning so'zlarini “Match TV” keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Safonov 2023 yilda “Krasnodar”dan Liga 1 ga ko'chib o'tgandi. PSJ safida 26 yoshli darvozabon Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UEFA Superkubogi hamda Fransiyadagi barcha asosiy sovrinlar — Liga 1, Fransiya kubogi va Superkubokni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini maqtadi