Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Mashhur rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Fransiyadagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi uchrashuvini yaqinda o'tkazdi: prinsipial bahsda parijliklar “Marsel”ni yirik hisobda taslim etdi — 5:0.
“Men doim aytaman: u o'ynashi kerak. Xudo xohlasa, shunday davom etsin. U o'z o'yini bilan allaqachon bir necha bor hammasini isbotlagan”, — deya Nepomnyashchiyning so'zlarini “Match TV” keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Safonov 2023 yilda “Krasnodar”dan Liga 1 ga ko'chib o'tgandi. PSJ safida 26 yoshli darvozabon Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UEFA Superkubogi hamda Fransiyadagi barcha sovrinlar — Liga 1, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!