date

Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, uni maydonga qaytardi

Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, uni maydonga qaytardi

Krishitanu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik futbolchi hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati yulduz futbolchining bosimi fonida ikki muhim masalani hal qildi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi.

Shuningdek, Ronalduga yaqin bo'lgan sport bo'limidagi shaxslar — Joze Semedu va Simao Kontinyo — vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o'ynay olmagandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronalduning ikki talabini bajarib, uni maydonga qaytardi