Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda kadrlar masalasida faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik davrida ham yuqori darajada to‘p surgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda qatnashgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing