date

Ravanelli Interni skudetto uchun asosiy da’vogar deb bildi

Ravanelli Interni skudetto uchun asosiy da’vogar deb bildi

Italiya futboli sobiq yulduzi Fabrichio Ravanelli A Seriyaning joriy mavsumida chempionlik poygasida “Inter”ning imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ravanellining fikricha, “neradzurrilar” Italiyada raqiblaridan ustun kelib, juda barqaror va ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. U jamoaning bosh murabbiyi Kivu futbolchilar bilan yaxshi muhit yaratganini, ularni to‘g‘ri yo‘naltira olayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u “Inter”ni skudetto uchun kurashdagi bosh favorit sifatida ko‘rsatdi, deya xabar beradi Fc Inter News.

Ayni paytda “Inter” 58 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisini 8 ochkoga ortda qoldirib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ravanelli Interni skudetto uchun asosiy da’vogar deb bildi