Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval “Barselona” safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va endilikda Rikelme hamda Delgado oldida aynan shu yo‘nalishda jiddiy vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan, 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — Delgado bu ko‘rsatkichda Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!