date

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o'yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim tufayli Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy buning ortida shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv turganini ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistoni tashqarisidagi o'yinlarda vaqti-vaqti bilan maydonga tushmay qolishi yangilik emasligini eslatdi. Jezushning fikrlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi