Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor va yangi rahbariyat dueti aynan shu yo‘nalishda ishlarni jadallashtirmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing