date

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi boykotdan keyin tez orada qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham u tarkibda bo‘lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy shanba kuni «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin borligini alohida ta’kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan o‘yinlarda uning maydonga tushmay qolishi ilk bor emas», — deya qo‘shimcha qilgan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi