Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi

Turinlik «Yuventus» 25 yoshli belgiyalik hujumchi Lui Opendani mavsumni turnir jadvalida 10-o‘rindan past bo‘lmagan pog‘onada yakunlasa, majburiy tarzda to‘liq transfer qilish sharti bilan tarkibiga qo‘shib olgan. Futbolchining huquqlari hozircha Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozir «Yuventus» A Seriyada 4-o‘rinda bormoqda va keskin pastlab ketishi ehtimoli katta emas. Shu bois klub shartnoma bandi ishga tushsa, Openda uchun 40,6 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Calciomercato xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Spalletti hujumchining o‘yinidan uncha mamnun emas: Openda barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda atigi 2 bor gol urgan. Manbaga ko‘ra, «Yuventus» yozgi transfer oynasida futbolchini sotib yuborish yo‘lini izlash ehtimoli yuqori.
Openda avvalroq «Lans», «Vitesse» va «Bryugge» safida to‘p surgan. Belgiya terma jamoasida esa 27 o‘yinda 3 gol muallifi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!