date

Ronaldu sport zalida qizi bilan birga shug'ullandi

Ronaldu sport zalida qizi bilan birga shug'ullandi

Krishtianu Ronalduining jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Unda 41 yoshli hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kadrda Ronaldu yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham gantel ko'targan, faqat kichikroq va pushti rangdagi mini gantellar bilan.

Jorjina suratga qisqa izoh qoldirib, “Dada”, deb yozdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rodriges Ronalduini tug'ilgan kuni bilan tabriklagan, biroq post futbolchi 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib e'lon qilingani e'tibor qaratgan edi.

So'nggi paytlarda Ronaldu “Al-Nasr”ning bir nechta o'yinlarida qatnashmadi. OAVda esa portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu sport zalida qizi bilan birga shug'ullandi