date

Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishini aytdi

Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning so'zlariga ko'ra, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir qancha futbolchilarni hordiq chiqarishga qaror qilgan. Murabbiy "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin oldidan kuchni tejash zarurligini ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronalduning safar uchrashuvlarida vaqti-vaqti bilan dam olishi yangilik emasligini eslatdi: Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan bahslarda uning ishtirok etmasligi avval ham bir necha bor kuzatilgan.

Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" bahsi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishini aytdi