Borussiya Dortmund Ryerson assistlari bilan Mayntsni tor-mor qildi

Germaniya Bundesligasining 22-turi Dortmunddagi “Signal Iduna Park”da “Borussiya” va “Maynts” uchrashuvi bilan boshlandi. Mezbonlar bahs boshidan bosimni kuchaytirib, juda tez katta ustunlikka erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
10-daqiqada Yulian Ryerson ilk golli uzatmasini amalga oshirdi — Seru Girassi bosh bilan hisobni ochdi (1:0). Oradan besh daqiqa o‘tib, yana Ryersonning uzatmasi bu safar Maksimilian Bayer tomonidan yakunlandi (2:0). Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin esa yana Girassi gol urdi: yana Ryerson assist, hisob — 3:0.
Ikkinchi taymda “Maynts” darvozaboni bir necha xavfli vaziyatda jamoasini qutqardi: avval Feliks Nmechaning zarbasini qaytardi, keyin burchak zarbasidan so‘ng Sheraldo Bekkerning urinishida ham hushyorlikni yo‘qotmadi. Biroq 84-daqiqada Ryersonning navbatdagi burchak uzatmasidan keyin to‘p Dominik Kor orqali o‘z darvozasiga kirib ketdi — avtogol, 4:0.
Yirik g‘alabadan so‘ng “Borussiya” “Bavariya”dan uch ochko ortda qoldi. “Maynts” esa turnir jadvalida pastki o‘rinlar atrofida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!