date

Kurtua Benfika bilan bahsda bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Kurtua Benfika bilan bahsda bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi bo'ladigan to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar umumiy bosqichning so'nggi turida ham uchrashgan va o'sha bellashuv "qaymoqranglilar" uchun omadsiz yakunlangandi: 2:4 hisobidagi mag'lubiyat "Real"ni 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan mahrum qildi. Endi esa Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa pley-offning styk bosqichida yana "burgutlar" bilan ro'para keladi.

"Lissabondagi o'yin juda og'ir kechgan. Bu stadionda g'alaba qozonish oson emas. O'sha kuni biz eng yaxshi futbolimizni ko'rsata olmagandik, ammo xatolardan saboq chiqardik. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi, chunki oldinda "Bernabeu"dagi javob uchrashuvi borligini yaxshi tushunamiz", — dedi Kurtua.

Ilk uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob o'yini esa 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua Benfika bilan bahsda bu safar boshqacha bo'lishini aytdi