Fabregas Fiorentinaga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi

"Como" bosh murabbiyi Sesk Fabregas A Seriyaning 25-turi doirasida "Fiorentina"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoasini tarixga boy va kuchli raqib kutmoqda. Fabregas "Fiorentina"ning joriy mavqeyi ko'pchilikni hayratga solayotganini ham qayd etib, bu bahs har ikki tomon uchun ham katta ahamiyatga ega bo'lishini aytdi.
"Como" — "Fiorentina" uchrashuvi bugun, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. Hozircha mezbonlar A Seriya jadvalida 6-o'rinda, "binafshalar" esa 18-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing