date

Martines Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Martines Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral oyi boshida 41 yoshni qarshi olgan Ronaldu hozircha formadan tushmagan. Martinesning aytishicha, uning jismoniy ko‘rsatkichlari hali uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynashga yetadi.

«Uning holati yana, yana va yana o‘ynashga imkon beradi. Menimcha, asosiy savol — u qachon o‘zi uchun mos payt kelganini his qiladi. U juda o‘ziga talabchan futbolchi. Jamoaga endi foyda bera olmayotganini anglaganida, o‘shanda to‘xtash haqida qaror qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.

Klub miqyosida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasida to‘p surmoqda. Yulduz futbolchi norozilik sabab bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborganidan so‘ng, shanba kuni yana tarkibga qaytishi kutilmoqda. U klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi ekanini shu tariqa namoyish etgan edi.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult saytida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini aytdi