Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u raqib darvozasiga uch bor aniq zarba yo'llab, het-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining bu natijasi klub tarixidagi muhim marraga aylandi. U «Galatasaray» safida urgan gollari sonini 76 taga yetkazib, ruminiyalik Gheorghe Hadjini (75 gol) ortda qoldirdi va Istanbul jamoasi tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Umumiy ro'yxatda esa Ikardi klubning eng yaxshi to'purarlari orasida yettinchi pog'onada bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi «Galatasaray»da 2023 yildan beri to'p suradi. U Turkiyaga kelishidan avval fransuzning «PSJ» klubida o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!