date

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyu'psporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, jamoasining asosiy qahramoniga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu xet-trik orqali Ikardi klub tarixidagi eng sermahsul legionerlar ro'yxatida yangi marrani egalladi. U avval bu ko'rsatkichda yetakchi bo'lib turgan ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjida 75 gol bo'lgan, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor. Umumiy to'purarlar reytingida esa argentinalik futbolchi yettinchi pog'onada qayd etilmoqda. Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray safida o'ynaydi, undan avval PSJda to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi