date

Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishga qaror qildi

Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishga qaror qildi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, eng yaqin o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bilan izohladi.

«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosda Jezush shuningdek, Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ham qayd etgan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni yaqin o'yinda dam oldirishga qaror qildi