Spalletti mag‘lubiyatdan so‘ng hakam bilan janjallashib qoldi

Italiya A Seriyasining 25-tur markaziy uchrashuvida Milanning «Inter» jamoasi Turinning «Yuventus» klubini qabul qildi. Uchrashuv gollarga boy kechib, «neradzurrilar» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin tugashi bilan «keksa sinyora» bosh murabbiyi Luchano Spalletti bahs hakami Federiko La Pennaning yoniga keskin tarzda yo‘l oldi. Mutaxassis hakamlik qarorlaridan jiddiy norozi bo‘lgani ta’kidlanmoqda, deya yozadi Gazzetta dello Sport.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi tortishuv stadionning tunnel qismida ham davom etgan. Vaziyatga aralashganlar orasida Jorjo Kyellini va Damyen Komolli ham ko‘ringan.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Yuventus» 46 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. «Inter» esa 61 ochko bilan peshqadamlikni ishonchli ushlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!