Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida «Galatasaray» «Eyu'pspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u het-trik qayd etib, Istanbul klubining tarixida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi.
Ikardi bu ko'rsatkichda ruminiyalik Georghe Hachini ortda qoldirdi: Hachining «Galatasaray» safidagi gollari 75 ta edi, Mauro esa endi 76 ta golga ega. Umumiy to'purarlar ro'yxatida argentinalik futbolchi yettinchi o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaray» sharafini himoya qiladi. U bungacha «PSJ»da to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing