date

Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar borligini tasdiqladi

Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar borligini tasdiqladi

Afsonaviy hujumchi Franchesko Totti yana bir bor «Roma» bilan aloqalari haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Avvalroq u klubga qaytib, texnik direktor lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Roma» — mening uyim, hozir u yerda bo‘lmasam ham. Klubning qanday yo‘ldan ketayotganidan mamnunman. So‘nggi paytlar ko‘p mish-mishlar yurdi. Bu rost: biz gaplashyapmiz, tafsilotlarni muhokama qilyapmiz va hamma uchun qaysi variant ma’qul ekanini hal qilyapmiz. Umid qilamanki, tez orada bu masalani tartibga solamiz», — dedi Totti Sky Sport Italia’ga.

Totti futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. Shundan keyin u bir necha yil «Roma» tizimida menejer sifatida ishlagan.

Shuningdek, avvalroq jamoa bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini hazil tariqasida Tottini hatto maydonga tushirishga ham tayyorligini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar borligini tasdiqladi