date

Ronalduga Yevropa grandlaridan qiziqish kuchaymoqda, agent harakatda

Ronalduga Yevropa grandlaridan qiziqish kuchaymoqda, agent harakatda

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgan edi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.

Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduga Yevropa grandlaridan qiziqish kuchaymoqda, agent harakatda