Boka Xuniors Marcelo Delgado'ni sport direktori etib tayinladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktorini e'lon qildi — bu lavozimni Marcelo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va endi Delgado hamda Rikelme tandemi transferlar bozorida faol ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o'tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing