Prezidentning qarori bo'yicha yoshlarga 100 mln so'mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu borada Prezidentning PQ–210-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmagan fuqarolarga 7 yilgacha muddatga kredit beriladi. Asosiy qarz uchun 1 yilgacha, foiz to‘lovlari uchun esa 3 oygacha imtiyozli davr belgilanadi.
Imtiyozli mikroqarzlar sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida ajratiladi. Xorijiy til, raqamli texnologiyalar va zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun 20 million so‘mgacha mablag‘ berilishi mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, onlayn do‘kon va o‘zini o‘zi band qilish loyihalari uchun 50 million so‘mgacha kredit ajratiladi.
Tikuvchilik, kasanachilik, qayta ishlash va mahsulot tayyorlash loyihalari uchun ham 50 million so‘mgacha mablag‘ berilishi ko‘zda tutilgan. Novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish yo‘nalishlari uchun esa 100 million so‘mgacha imtiyozli mikroqarz ajratiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!